Rossiya Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi muloqotda vositachi bo‘lishga tayyor, bunda har ikki tomonning roziligi talab etiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
«Gap Rossiyaning kerak bo‘lgan taqdirda va har ikki tomon xohishida vositachi bo‘lishga tayyorligi haqida ketmoqda», - deya aytib o‘tdi Peskov Rossiya AQSh va KXDR o‘rtasidagi muloqotda vositachiga aylanishga tayyormi, degan savolga javob qaytarib.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya uchun bunday tayyorlik mushkul vazifa emas, sababi bu «keskinlikdan xoli vaziyatni yaratish uchun yo‘lni ochishdir».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRning BMTdagi doimiy vakolatxonasida Qo‘shma Shtatlar bilan aloqalarga javobgar bo‘lgan shimoliy koreyalik diplomat Pak Son Il AQSh, Pxenyanni WannaCry kompyuter virusini tarqatishda ayblab, Shimoliy Koreyaga qarshi dushmanlik kayfiyatidagi muhitni yanada keskinlashtirishga urinayotganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar