08:20 / 28.12.2017
5 728

Xitoylik qotil 12 yil davomida hech kim bilan gaplashmay haqiqatan ovozini yo’qotdi

Xitoylik qotil 12 yil davomida hech kim bilan gaplashmay haqiqatan ovozini yo’qotdi
Szen ismli xitoylik qotil 2015 yilda o’z bojasini o’ldirishda ayblangan edi. 500 yuandan kelib chiqqan janjal sabab erkak uzoq qarindoshiga pichoq bilan tashlangan. Shundan keyin o’zga shaharga qochgan va o’zini Van Gue ismi bilan atashni boshlagan.

Xabarda aytilishicha, erkak ko’chalarda tilanchilik qilib umr kechirgan, keyinroq Anxuey provintsiyasidagi kichik qishloqlardan biriga ko’chib o’tgan. Shu tariqa quruvchi sifatida ishga joylashib, uylangan va farzand ko’rgan. Ammo o’tgan yillar davomida atrofdagilar, hattoki o’z yaqinlari bilan ham bir og’iz gaplashmagan, o’zini boshqalarga soqov qilib ko’rsatgan.

Politsiya xodimlari tomonidan uylar bo’ylab o’tkazilgan reydda Szen ham qo’lga olindi. Biroq ko’rsatma berish chog’ida o’zi gapira olmay, so’zlarini qog’ozga tushirib berdi. Tibbiy ekspertiza erkakning ovoz paychalari ishdan chiqqani haqida hulosa qilgan. Uzoq muddat davomida gapirmay yurgan erkak bora-bora ovozidan ayrilgani ma’lum bo’ldi.

Qotil qanchalar kam gapirsam, shunchalar kam ahmoqlik qilib, ortiqcha so’z aytib qo’yishim ehtimoli yo’qoladi deya o’ylagan.
Eslatib o’tamiz, Xitoyda qotillik uchun ko’p hollarda qatl qilish jazosi qo’llaniladi. Hukumat tomonidan yil davomida nechta qotil o’ldirilgani aniq aytilmasa ham, qonunni himoya qilish tashkilotlari ularning soni mingdan ortiqligini oshkor qilishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik qotil 12 yil davomida hech kim bilan gaplashmay haqiqatan ovozini yo’qotdi