07:00 / 29.12.2017
4 038

Koreya yarim orolidagi tanglikni bartaraf etishning “yo‘l xarita”si ishlab chiqildi

Koreya yarim orolidagi tanglikni bartaraf etishning “yo‘l xarita”si ishlab chiqildi
Avvalroq, Koreya yarim orolida vaziyatning taranglashib borayotgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Bugun, Rossiya tashqi ishlar vazirligining alohida muhim ishlar bo‘yicha elchisi Oleg Burmistrov, Koreya yarim orolida yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida batafsil intervyu berdi va mintaqadagi vaziyat juda qaltis ekani hamda to‘satdan urush boshlanib ketishi ehtimoli borligini aytib o‘tdi.

Burmistrov o‘z so‘zida Shimoliy – Sharqiy Osiyoda “turli qurollarning juda ko‘plab turi to‘planib qolgani va mintaqa o‘ziga xos poroxli bochka”ga aylanib qolganini ta’kidlagan. Shuning uchun, “har qanday arzimas tasodifiy voqea natijasida harbiy mojarolarning zanjirli reaksiyasi” boshlanib ketishi mumkin, deb ta’kidlagan.

AQShning mintaqadagi mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilishga urinishi esa, tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi halokatni keltirib chiqarishi mumkin, chunki mintaqa yer yuzidagi qurol-aslaha haddan tashqari ko‘p to‘planib qolgan hudud hisoblanadi, degan Oleg Burmistrov.

Oleg Burmistrov, “Biz hozir, mabodo amalga oshiriladigan bo‘lsa, juda ham katta harbiy nizo bilan yuzma-yuz turibmiz. Bu narsa yuz bermasligi uchun bor imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak”, - degan.

Shimoliy Koreya so‘nggi vaqtlarda qita’alararo raketalar va unga o‘rnatiladigan jangovar kallaklarni ishlab chiqarish bilan band. Ular o‘z harakatlarini AQSh tomonidan bo‘layotgan tahdidning oldini olishga qaratilgan, deb baholaydi. KXDRning eng oxirgi sinalgan Xvason-15 raketasi, 13 ming kilometr masofadagi nishonni yo‘q qilishi mumkin. Bu sinovdan keyin, Shimoliy Koreya rahbariyati AQShning xohlagan hududini nishonga olishi mumkinligi to‘g‘risida bayonot bergan.

Ziddiyatli vaziyatdan chiqishning eng oqilona yo‘li, xitoy-rossiya “yo‘l xaritasi”ga amal qilishdir, degan Oleg Burmistrov. Bu “yo‘l xarita”si ikki davlat mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Rossiyalik diplomatning tan olishicha, Xitoy tomonidan ishlab chiqilgan reja ancha batafsil. Shuning uchun Rossiya tomoni ham, Xitoyning bu boradagi tashabbuslarini har qanday formatdagi muzokaralarda qo‘llab-quvvatlashga kelishishgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koreya yarim orolidagi tanglikni bartaraf etishning “yo‘l xarita”si ishlab chiqildi