
Siyosatchi Xillari Klinton va sobiq AQSH prezidenti Barak Obama 2017 yilda amerikalik orasidagi eng yorqin shaxslar deya tan olinganlar reytingida yetakchilik qilishmoqda.
Bu haqida Gallup kompaniyasi ijtimoiy tadqiqotlari natijalariga asoslangan holda “Russian.rt.com” nashri xabar bergan.
So’rovnomada ishtirok etganlarning 17% i erkaklar orasidagi eng yorqin shaxs sifatida Barak Obamani qayd etishgan. O’tgan yilgi natijalarda bu ko’rsatikich 22% ni tashkil etgandi.
Ayollar orasida esa 9 % ko’rsatkich bilan Xillari Klinton birinchilikka erishdi. 2016 yili Klinton 12% ko’rsatkich bilan avvalgi reytingda ham yetakchilik qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar