
Internetda Suriyaning al-Lataminya shahrida jangarilar ob’ektiga KAB-1500 aviabombasi tashlanishi videosi paydo bo‘ldi. Rolik Directorate 4’ning Telegram-kanalida joylashtirilgan.
Bomba Rossiya harbiy-koinot kuchlari tomonidan tashlangan.
KAB-1500 1,5 tonnalik boshqariluvchi bomba bo‘lib, lazer yoki televizion nishonga olish kallaklari bilan jihozlanadi. Raketaning jangovar qismi modifikatsiyasiga ko‘ra, betonni yorib o‘tuvchi, fugas va oddiy fugasli bo‘lishi mumkin. Snaryad 3 metr qalinlikdagi temir-beton konstruksiyani yoki 20 metr tuproqni yorib o‘ta oladi. Bomba Su-24M, Su-34 va Su-35 samolyotlari tomondan tashiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar