date
views 5 724

Amerikadagi lotereya o‘yinida kompyuter tizimi izdan chiqishi sababli yuzlab chiptalar 500 dollardan yutuqqa ega bo‘ldi

Amerikadagi lotereya o‘yinida kompyuter tizimi izdan chiqishi sababli yuzlab chiptalar 500 dollardan yutuqqa ega bo‘ldi
Voqea Janubiy Karolinada tashkil etilgan lotereya o‘yini paytida sodir bo‘ldi. Qisqa vaqt tashkilotchilarning kompyuter tizimi izdan chiqishi yuzlab odamlarning kissasiga 500 dollardan pul tushishini ta’minlab berdi. Yutuqdan ruhlanib ketgan odamlar uzundan-uzun navbatda turib yana lotereya chiptalari sotib ola boshlashdi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, tashkilotchilar asosiy yutuqdan tashqari, favqulodda yutuq chiqqan chiptalar egalariga jami 20 million dollar miqdorida pul tarqatishi kerak bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikadagi lotereya o‘yinida kompyuter tizimi izdan chiqishi sababli yuzlab chiptalar 500 dollardan yutuqqa ega bo‘ldi