
53 yoshli suratkash Daniel Biber mutlaqo tasodifan ulkan qush ko’rinishida parvoz etib ketayotgan qushlar galasinining suratini oldi. Ushbu betakror surat Ispaniya shimoli-sharqidagi Kosta Brava hududlarida kadrga muhrlangan.
Suratkashning aytilishicha, ushbu ko’rinishni voqea joyida payqay olmagan, suratlarni kompyuterda ko’rib o’tirgan payti esa ajoyib mo’jiza namunasiga duch kelgan.
“Men suratga olish paytida diqqat e’tiborim shunchalar qattiq tarzda jamlangan ediki, qushlar galasining ulkan qush ko’rinishidagi parvozini payqamabman ham. Keyin esa mukammal, texnikaviy kuchli va sifatli surat olganimni tushundim” deydi Daniel.
Suratkash Germaniyaning Xillingen shahrida istiqomat qiladi va velosipedlar biznesi bilan shug’ullanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar