09:00 / 06.01.2018
7 561

Tabiat mo’chizasi: Kuchli ayoz Niagara sharsharasini ertaknamo ko’rinishga keltirdi

Табиат мўъжизаси: Кучли аёз Ниагара шаршарасини эртакнамо кўринишга келтирди
Amerika Qo’shma Shtatlari hududida joylashgan Niagara sharsharasi go’zalligi va ulug’vorligi bilan ko’plab sayyohlarni o’ziga jalb etishi hech kim uchun sir emas. Sayyohlar orasida uni tomosha qilish uchun ayni qish faslida borish kerak deya hisoblaydiganlari ham oz emas.

Ma’lum qilinishicha, sharshara atrofi qish faslining ayozli kunlarida haqiqiy ertaknamo ko’rinishga kiradi.

Garchi sovuq ob-havo harorati kishi kayfiyatiga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmasa ham, tabiatning go’zalligini ushbu daqiqalarda ham ko’rsatib bera oluvchi mo’jizalar yetarlicha.

Ayni kunlarda sharsharaning aksariyat sohalari sovuqdan muzlab qolgan, bu esa o’z navbatida katta muz hosilalarini paydo qilgan. Bir qarashda juda havfli ko’rinayotgan ushbu muzliklar mazkur joyga tashrif buyurayotgan sayyohlar tomonidan ertaknamo Narniya mamlakati manzaralariga qiyoslanmoqda.

Niagara sharsharasini bir bor ko’rmagan inson ham mazkur suratlarni tomosha qila turib, haqiqiy ayo haroratini his qila olishiga ajablanmasa bo’ladi. Nima dedingiz?

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tabiat mo’chizasi: Kuchli ayoz Niagara sharsharasini ertaknamo ko’rinishga keltirdi