07:15 / 11.01.2018
5 545

Xitoylik do’kon sohibi notanish insonni yonayotgan avtobusdan olib chiqish uchun o’limga qarshi bordi

 Хитойлик дўкон соҳиби нотаниш инсонни ёнаётган автобусдан олиб чиқиш учун ўлимга қарши борди
Hodisa Xitoyning Ibing shahrida bo’lib o’tdi. Yo’lovchilar avtobusining aynan nima sababdan yongani ma’lum bo’lmasa ham, hodisa guvohlari orasida vahimani keltirib chiqargani rost. Salon ichidagi odamlar tashqari otilib chiqa boshladilar, yo’lovchilar esa derazalarni sindirib, olovni o’chirishga harakat qilishdi.

Mahalliy do’konlardan birining egasi esa salon ichida qolib ketgan keksa yo’lovchini ko’rgan zahoti o’limga qarshi borib, yonayotgan avtobus ichiga kirdi va notanish insonni u erdan olib chiqdi. Yong’in o’ta dahshatli bo’lsa-da, yo’lovchilardan hech kim jabr ko’rgani yo’q.

Jasoratli insondan o’z qahramonligi haqida so’zlab berishlarini so’rashganida bu ishda hech e’tiborga molik jihat yo’qligi va uning o’rnida bo’lgan har bir inson shunday qilishi kerak bo’lgani haqida aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik do’kon sohibi notanish insonni yonayotgan avtobusdan olib chiqish uchun o’limga qarshi bordi