
Xabar berilishicha, Amerikaning navbatdagi prezidentlik saylovlarida telejurnalist Opra Uinfri ishtirok etguday bo’lsa, aholining 48% uning uchun ovoz berishga tayyor. So’rovnomada ishtirok etganlarning 38% i esa Trampni qaytadan saylashlari haqida aytishgan.
Uinfrini demokratlarning 76%, respublikachilarning 22% va ikki partiyaga ham a’zo bo’lmagan saylovchilarning 44 foizi qo’llab-quvvatlashga tayyor. Demokratlarning 42 foizi 2020 yilgi saylovlarda Trampning g’olib bo’lishini tahmin qilyaptilar.
Opra Uinfrining 75 bor o’tkazilgan “Oltin globus” taqdirlash marosimidagi nuqtidan so’ng OAV uning saylovlarda qatnashishi mumkinligini muhokama qila boshladi.
Keyinroq esa Tramp Uinfrining prezidentlik saylovlarida qatnashishi ehtimoli kam ekanligi va teleboshlovchi unga shaxsan yoqishi haqida aytib o’tgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar