AQShning Kubadagi Guantanamo bazasida saqlanuvchi mahbuslar Donald Tramp ma’muriyatini AQSh konstitutsiyasi va qonunlarini buzishda ayblashdi.
Mahbuslarning noroziligiga Trampning ularni ozod qilish bo‘yicha jarayonni to‘xtatish qarori sabab bo‘lgan. Shu sababli mahbuslar Vashington okrug sudiga jamoaviy da’vo arizasi berishgan.
AQSh kongressi tomondan 2001 yilda qabul qilingan, xorijda harbiy kuchni qo‘llash haqidagi qonun jinoiy faoliyatga aloqadorlarni harbiylar tomondan hibsga olinishi muddatini cheklaydi. Qonuniy asossiz hibsga olish taqiqlanadi.
Mahbuslarning advokatlari ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati Guantanamo mahbuslarini hibsga olish muddatini “cheksiz cho‘zishga” harakat qilmoqda, bu esa AQSh konstitutsiyasining buzilishi hisoblanadi.
Bugungi kunda Guantanamo qamog‘ida 41 mahbus ushlab turilibdi. Tramp AQSh prezidenti etib saylangandan keyin AQSh ma’muriyati mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha birorta tavsiyani ma’qullamagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi