AQShning Havayi shtati aholisiga yanglish tarzda ballistik raketa hujumi haqidagi xabar tarqatildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
“Havayi tomon ballistik raketa hujumi xavfi mavjud. Darhol boshpana izlang. Bu mashq emas”, deb aytilgan xabarda.
Shundan keyin hukumat raddiya chiqarmaguncha aholi o‘rtasida yarim soatcha vahima davom etgan. Shtat gubernatori Devid Ayj aholidan yolg‘on trevoga uchun uzr so‘ragan va bunday holat boshqa qaytarilmasligi uchun choralar ko‘rishga va’da berdi. “Bu qurilmaning yil davomida har kuni kuniga 3 marta o‘tkaziladigan tekshiruvi edi. Favqulodda vaziyatlar agentligi xodimi boshqa tugmani bosib yuborgan”, deb tushuntirgan vaziyatni gubernator.
Mobil telefonlarga yuborilgan va mahalliy vaqt bilan soat 08.00larda televideniye va radio orqali uzatilgan ogohlantirish Shimoliy Koreya bilan keskinlik mavjud sharoitda berilgani yanada vahimaliroq bo‘lgan.
2017 yil avgustda Shimoliy Koreyadan Yaponiya hududi uzra uchib o‘tib, Xokkaydo orolidan 1180 km uzoqlikka tushgan raketa uchirilgan. O‘shanda raketa parvozining umumiy uzoqligi 2,7 ming km.ni tashkil qilgan. Pxenyan ushbu sinovni AQShning Tinch okeanida joylashgan Guam oroliga zarba berishga tayyorgarlik deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi