Amerikalik o‘t o‘chiruvchi Skott Stroup yonayotgan binoning 3-qavatidan otasi tomondan tashlangan qizni tutib oldi.
Voqea 3 yanvarda Atlanta shahri yaqinidagi De-Kalb okrugidagi apartamentlarda yuz bergan. Yong‘in 3 qavatli binoni to‘liq qamrab olgan va o‘nlab odamlar tomga va balkonga chiqib, “tuzoq”da qolishgan.
O‘t o‘chiruvchi qizni ushlab olgandan keyin uni shifokorlarga topshirgan.
“Biz bolalarni go‘yoki amerikancha futbolda to‘pni tutgandek tutdik. Balkonlardagi yoshi kattalar bolalarni bizning qo‘limizga tashlashardi. Bizning oramizdan bir necha kishi bolalarni ushlash bilan mashg‘ul bo‘ldi. Bu aqlbovar qilmas holat edi”, deb aytdi o‘t o‘chiruvchilardan biri Erik Jekson.
Yong‘in oqibatida bir necha kishi tutun yutgani sababli yordam so‘rab murojaat qilgan, biroq hech kim jiddiy jabrlanmagan. Ammo uy butkul yonib ketgani sabab 50ga yaqin kishi boshpanasiz qolgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi