16 yoshli Monti Grinsleyd va 17 yoshli Geyb Vidler Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi Lennoks-Xed qishlog‘i yaqinida dengizda cho‘kib ketishlariga bir baxya qoldi. Biroq ularga dron yordamga kelgan.
O‘smirlar shelfda cho‘milish vaqtida baland to‘lqinlar sababli mustaqil ravishda sohilga suzib chiqa olishmagan. Bolalar qutqaruvchilar tomondan payqalgan, biroq jo‘shqin to‘lqinlar ularga bolalar yoniga qayiqda tez yetib borishga imkon bermagan. Shunda tajribaviy vositani qo‘llashga qaror qilingan: bolalarga yordamga kichik o‘lchamli kvadrokopter jo‘natilgan. Unga kichik o‘lchamli, shishuvchi qutqaruv vositasi mahkamlangan.
The Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, dron qutqaruvchilar va o‘smirlarni ajratib turgan bir kilometrlik masofani 35 soniyada bosib o‘tib, havodan bolalarga qutqaruv vositasini tashlagan. Natijada to‘lqinlar bilan kurashib charchagan bolalar biroz dam olib, sohilga ancha yaqin suzib kelishga muvaffaq bo‘lishgan.
BBC’ning ma’lum qilishicha, shtat rahbariyati turli vazifalarni bajaruvchi dronlar flotiliyasini sotib olishga 430 ming Avstraliya dollari (340 ming AQSh dollari) sarflashini e’lon qilgan. Misol uchun, bu dronlardan ba’zilari akulalarni aniqlashda yordam beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi