17:34 / 19.01.2018
8 553

Gavay orollariga uyushtirilgan raketalar hujumida o‘zga sayyoraliklarning qo‘li bor… mi?..

Gavay orollariga uyushtirilgan raketalar hujumida o‘zga sayyoraliklarning qo‘li bor… mi?..
Ma’lumingizkim, 2018 yil 13 yanvarida Gavay orollarida raketa hujumlari munosabati bilan trevoga signallari yangray boshladi. Oradan sal o‘tmay, bu trevoga yolg‘ondakam ekani haqida xabar tarqatishdi. Amerika matbuot vakillari kutilmaganda kimningdir buyrug‘iga asosan bu haqda xabar tarqatishni bas qildi. Xuddi shu narsalar ko‘plab mutaxassislarni o‘ylashga, mulohaza yurtishiga va nihoyat xavotirlanishga majbur etdi.

Ularning fikriga ko‘ra, birinchidan, yolg‘ondakam trevoga signalini yolg‘ondan chalish hech qaysi qolipga sig‘maydi. Bu yolg‘ondakam, xatolik tufayli, ehtiyotsizlik natijasida yadro raketasini havoga uchirish bilan barobar. Qolaversa, barcha rivojlangan davlatlarda, jumladan, Gavay orollarida ham shunday uskunalar o‘rnatilganki, ularni ehtiyotsizlik natijasida ishga tushirilsa, avtomat tarzda bu buyruq inkor etiladi. Bundan tashqari, bunday uskunalar yonida ikki javobgar harbiy o‘tiradi. Ular bir-biridan ikki metr masofa uzoqlikda xolos. Demak, bu raketa hujumi yolg‘ondakam emas, haqiqat.

Ikkinchidan, Gavay orollariga yo‘naltirilgan ballistik raketalar soni 6 ta bo‘lib, o‘sha zahoti barchasi urib tushirilgan. Bundan kelib chiqadiki, raketalarni Amerika havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari urib tushirgan. Lekin ba’zi konspirologlar raketalar urib tushirilgach, Gavay orollari osmonida o‘zga sayyoraliklar kemalari paydo bo‘lganini aytib dunyoga jar solishmoqda. Nahotki, o‘zga sayyoraliklar o‘sha raketalarni urib tushirgan bo‘lsa? Mundoq mulohaza qilib ko‘rilsa, bu taxminga ham ishonsa bo‘ladi. Negaki, oltita ballistik raketaning barchasi juda qisqa muddatda, professional tarzda urib tushirildi.

Ammo harbiy sohada tajribasi bor, professional kasbini haddan ziyod yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassislar o‘zga sayyoraliklar haqidagi taxminlarni darhol inkor etishdi. Ularning gapiga qaraganda, bu yerda o‘zga sayyoraliklarning ishtiroki yo‘q. Unda gap nimada? Xayol darrov Shimoliy Koreyaga qarab ketadi. Lekin mutaxassislar bu taxminni ham inkor qilishmoqda. Sababi, agar Shimoliy Koreya Gavay orollariga raketa hujumi uyushtirsa, o‘sha zahoti javob zarbasi yo‘llangan bo‘lardi. Biroq zarba yo‘llanmadi. Unda kimning ishi?

Amerikalik harbiy jurnalistlardan birining aytishiga ko‘ra, ballistik raketalar suvosti kemasidan havoga uchirilgan. Bu ishning boshida Xitoy xalq respublikasi rahbarlariga azaliy dushman sanalgan muxolifatchi kuchlar turibdi. Aynan o‘shalar raketa hujumlarini tashkil etishgan. Mo‘ljallashganki, bu zarbaga Amerika tarafi javob qaytarsa, Uchinchi jahon urushi boshlanib ketadi va Xitoy hukumati inqirozga yuz tutadi. Bu esa muxolifatchilarga hukumatni jangsiz egallashda qo‘l keladi. Shuning uchun Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan mutaxassislar Xitoy muxolifatchilari bu bilan to‘xtab qolmasliklarini alohida ta’kidlashdi. Ishni boshlashdimi, yaqin vaqtlarda buning davomi albatta bo‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gavay orollariga uyushtirilgan raketalar hujumida o‘zga sayyoraliklarning qo‘li bor… mi?..