«ECA International» agentligi ko‘hna qit’adagi ijarada yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingini tuzib chiqdi.
Bu ro‘yxatda Moskva ikkinchi o‘rinni oldi. Rossiya poytaxtining nufuzli tumanlaridan birida to‘rt xonali, uchta yotoqxonasi va mehmonxonasi bo‘lgan kvartirani bir oylik ijaraga olish o‘rtacha 5 ming AQSh dollariga tushadi. Lekin bu xonadon mebel bilan jihozlangan bo‘lmaydi. Aynan shunday turar-joyni Syurixda o‘rtacha 4673 dollarga, Jenevada 4555 dollarga, Istanbulda 3951 dollarga ijaraga olish mumkin. Qimmatlar ichida eng arzon shahar Shvetsiya poytaxti Stokholm bo‘lib, bu yerda bir oy yashash uchun 3177 dollar zarur.
Reyting yetakchisi Buyuk Britaniya poytaxti London shahri deya tan olindi. Bu shahar markazidan kvartira ijaraga olish uchun o‘rtacha 6648 dollar to‘lash kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar