18:15 / 20.01.2018
5 866

Turkiyada chiqindi yig’uvchilar ahlatga tashlab yuborilgan kitoblarni yig’ib kutubxona ochishdi

Туркияда чиқинди йиғувчилар аҳлатга ташлаб юборилган китобларни йиғиб кутубхона очишди
Turkiyaning Anqara shahida paydo bo’lgan ushbu noodatiy kutubxona tashlandiq zavod binosida joylashgan bo’lib, bu yerdagi kitoblardan istalgan inson foydalanishi mumkin.

Kutubxonadagi barcha kitoblar o’z vaqtida tashlab yuborilgan narsalar orasidan chiqindi yig’uvchilar tomonidan olib yig’ilgan. Kitoblar joylashtirilgan tokcha va stellaj ham aynan o’sha yerdan olib kelindi. Ammo aytish kerakki, bu yerdagi har bir buyum qat’iy tekshiruvlardan o’tkazilgan va qayta ishlangan.

Xabar berilishicha, ayni paytda kutubxona tarkibida 6000 dan ortiq turli janrdagi kitoblar mavjud va ular faqat turk tilida emas.

Kutubxona ichidan ingliz va fransuz tilidagi kitoblarni ham topish mumkin. Bunday g’oya boshqalarni ham behad ilhomlantirib yubordi. Endilikda bu yerga yaqin manzillardan kutubxonaga kitob topshirish uchun ko’plab insonlar tashrif buyurishmoqda.

Kutubxona asoschilaridan biri hamkasblari bilan birga bundan bir necha oy avval ahlatga tashlab yuborilgan kitoblarni yig’a boshlashgach, bilimlar xazinasi bo’lmish kitoblarni osonlik bilan chiqindi sifatida uloqtirayotganlarining guvohi bo’lish qanchalar og’riqli ekanligi haqida aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada chiqindi yig’uvchilar ahlatga tashlab yuborilgan kitoblarni yig’ib kutubxona ochishdi