Facebook foydalanuvchilar lentasidagi algoritmlarni o‘zgartiradi, endi ularda imkon qadar ko‘proq ishonchli manbalar xabarlari aks etadi. Bu haqida kompaniya rahbari Mark Sukerberg ma’lum qildi.
Facebook'dagi yangiliklar uch parametr bo‘yicha o‘lchanadi: ishonchlilik, xabardorlik va foydalanuvchiga yaqinlik, deyiladi ijtimoiy tarmoq bayonotida. Oxirgi ikki parametr foydalanuvchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li orqali aniqlanadi.
Bu o‘zgarishlar yangiliklar lentasida aks etadigan xabarlar soniga ta’sir qilmaydi, biroq ular foydalanuvchilar uchun ko‘proq foyda beradi. Yangi algoritmlar sinovi "yaqin haftalarda" boshlanadi, o‘zgarishlar dastlab AQShda, keyin esa butun dunyoda joriy qilinadi.
Sukerberg yanvar oyida Facebook 2018 yilda lentada yangiliklarga beriladigan havolalar ulushini kamaytirishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi. U mazkur ko‘rsatkich 5 foizdan 4 foizga qisqartirishni aytib, foydalanuvchilar ko‘proq yaqinlari va do‘stlari bilan muloqot qilishlariga umid qilmoqda. OAV vakillari ijtimoiy tarmoqlar qamrovidagi ko‘rsatkichlarning pasayish ehtimolidan norozi.
"Zamonaviy dunyoda sensatsiyalar, soxta xabarlar va bir tomonlama fikrlar haddan tashqari ko‘p. Ijtimoiy media odamlarga axborotni tezroq tarqatish imkonini beradi - agar biz shunday muammolarning oldini olmasak, oxir-oqibat ularni faqat kuchaytirayotgan bo‘lib chiqamiz. Yangiliklar lentasi sifatli xabarlardan iborat bo‘lishi shuning uchun ham muhim".
Mark Sukerberg
Facebook asoschisi va rahbari
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Facebook asoschisi va rahbari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda