
2017 yilda paydo bo‘lgan barcha boyliklarning taxminan 82 foizi Yerning 1 foiz aholisiga tegishli. Bu haqda Kun nashri Oxfam tashkiloti hisobotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, jahondagi eng badavlat odamlar boyligi o‘tgan yilda 762 mlrd AQSh dollariga ko‘paygan.
Bundan tashqari, ko‘rsatilgan davrda dollar milliarderlari sonining butun tarixdagi rekord o‘sishi qayd qilindi. Ayni damda ularning soni 2043 kishini tashkil etmoqda.
«Milliarderlar umumiy boyligining to‘rtdan uch qismi meros sifatida o‘tgan. Kelayotgan 20 yilda, jahondagi eng boy 500 kishi o‘z merosxo‘rlariga qariyb 2,4 trln AQSh dollari qoldiradi – bu 1,3 mlrd kishi istiqomat qiluvchi Hindiston YaIMdan ham ko‘proqdir», - deyiladi tadqiqotda.
O‘tgan yili Osiyo milliarderlar soni bo‘yicha tarixda birinchi marta AQShni ortda qoldirgani xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar