
Avvalroq, Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida o‘zbekistonlik yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusning buzilib qolgani haqida xabar bergan edik.
Bugun yana bir, asosan o‘zbekistonlik yo‘lovchilar joylashgan avtobus Aqto‘be-Irg‘iz yo‘lida buzilib qolgan. Bu haqda “Kazakhstan Today” nashri xabariga asosan Qalampir.uz ma’lumot bermoqda.
Bu avtobusning ichida 47 nafar o‘zbekistonlik, olti nafar qozog‘istonlik va olti nafar rossiyalik yo‘lovchilar bo‘lgan. Bu avtobus ham “Qaliboy” aholi punktiga 24 km masofada buzilgan.
Hozirgi vaqtda yo‘lovchilarning barchasi Favqulodda vaziyatlar xizmatlari tomonidan isitish punktlariga yetkazilgan, jabrlanganlar yo‘q.
Avtobusdagi yo‘lovchilarning boshqa avtobuslar bilan Chimkentga yetkazilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar