23:46 / 24.01.2018
4 580

Yuzlab insonlar Trampdan Gaiti haqidagi so’zlari uchun uzr so’rashni talab qilmoqdalar

Yuzlab insonlar Trampdan Gaiti haqidagi so’zlari uchun uzr so’rashni talab qilmoqdalar
Gaiti fuqarolari Amerika elchixonasi yonida Trampga qarshi namoyish o’tkazdilar. Ushbu harakatlar orqali ular Trampning Gaiti, Salvaldor va Afrika mamlakatlari haqida aytgan gapi uchun uzr so’rashni talab qilishmoqda.

Xabarda aytilishicha, namoyishchilar elchixona yaqiniga qo’yilmagan. Ammo qaysidir vaqt politsiya xodimlari tomonga toshlar otila boshlagach, ular ham ko’zni yoshlantiruvchi gazdan foydalanishga majbur bo’lishgan.

Shuningdek politsiya tomonidan fuqarolarni ogohlantirish maqsadida osmonga bir necha bor o’q uzilgan.

Eslatib o’tamiz, mazkur turdagi namoyish Gaitida ikkinchi bor o’tkazilmoqda. Mamlakat hukumati Trampning so’zlaridan hayratga tushgani va qattiq g’azablangani haqida ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, biroz avvalroq AQSH prezidenti muhojirlar vatani bo’lmish Gaiti, Salvador va Afrika mamlakatlarini “Badbo’y tuynuk” deya atagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yuzlab insonlar Trampdan Gaiti haqidagi so’zlari uchun uzr so’rashni talab qilmoqdalar