14:03 / 25.01.2018
5 155

Shimoliy Koreya hukumati butun koreys millatiga murojaat bilan chiqdi

Shimoliy Koreya hukumati butun koreys millatiga murojaat bilan chiqdi
Shimoliy Koreya hukumati butun koreys millatiga Pxenyan va Seul o‘rtasida harbiy keskinlikni yumshatish chaqirig‘i bilan murojaat qildi.

Murojaatda aytilishicha, koreys millatini birlashtirish eng muhim vazifa hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya mamlakatni birlashtirish masalasida mustaqil holda qaror qabul qilishi kerak, uchinchi tomonlarning bu masalaga aralashishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Shimoliy koreyaliklar, shuningdek, Pxenyanning raketa va yadroviy dasturlari sababli Shimoliy Koreya nomiga tanqidni kamaytirishni taklif qilishgan. Pxenyanda ta’kidlanishicha, bu dasturlar Shimol va Janub o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga xalaqit qilmaydi.

Pxenyan koreys millatini yadroviy urushni keltirib chiqarishga urinayotgan AQShga qarshi turishga chorlagan.

Murojaatda Shimol va Janub o‘rtasida gumanitar va siyosiy liniyalar bo‘yicha aloqalarni faollashtirish taklif qilingan. Jumladan, siyosiy partiyalar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash zarurligi ta’kidlangan. Umuman olganda, Shimoliy Koreya hukumatining fikricha, 2018 yil tomonlar pozitsiyalarining yaqinlashishi masalasida “keskin burilish yili” bo‘ladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya hukumati butun koreys millatiga murojaat bilan chiqdi