
Traveller's Choice natijalariga ko’ra ekspertlar tomonidan dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari reytingi tuzildi. Unga ko’ra Kambodjadagi Viroth's dunyodagi eng yaxshi mehmonxona deya tan olingan. Ma’lumot uchun, sayyohlarning bu yerda bir kecha qolishlari 100 AQSH dollariga tushadi.
Xabarda aytilishicha, reyting natijalari mashhur mehmonxona haqidagi fikrlardan kelitb chiqqan holda aniqlangan. Viroth's haqida bildirilgan fikrlarning 910 tasidan bor-yo’g’i 5 tasigina salbiy, qolganlari ijobiy ma’noda bo’ldi.
Reytingning ikkinchi o’rnidan Kosta Rikadagi Tulemar Bungalows & Villas oteli o’rin olgan bo’lib, u yerda bir kecha tunash narxi 300 AQSH dollariga teng keladi.
Reytingning uchinchi o’rnida esa Hindistonning Umaid Bhawan Palace mehmonxonasi nomini ko’rish mumkin. Bu yerda bir kun qolish 850 AQSH dollariga aylanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar