Nikoh shartnomasi — romantik narsa emas, ammo romantika faqat xotira va birga tushilgan suratlardan boshqa hech nima qolmaganda, asablarni ancha-muncha asrashi mumkin. Ayniqsa, yo‘qotadigani ko‘p bo‘lgan odamlar uchun.
Mark Sukerberg va Prissilla Chan: Bir-biriga vaqt ajratishga majbur
Prissilla Chan “Facebook”ning bo‘lajak asoschisi bilan 2004 yilda tanishgan. U paytda ikkisi ham Garvardda o‘qirdi. To‘ydan so‘ng er-xotin ancha vaqtgacha ota-ona bo‘lolmadi: Prissillaning bir necha marta homilasi tushdi, ammo keyin u Maks ismli qizchani dunyoga keltirdi. Uning uchun Sukerberg ham, Chan ham tug‘ruq ta’tili oldi. Mark va Prissilla hayotlari davomida “Feysbuk”ning 99 foiz aksiyasini xayr-ehson qilishga so‘z berishdi. Joriy qiymatga qiyoslaganda, ehson miqdori 45 milliard dollarga yaqin bo‘ladi. Tabiiyki, ikki biznesmenning nikoh shartnomasi bor, ammo u millionlarga emas, balki romantikaga oid. Shartnomaga ko‘ra, er-xotin hech bo‘lmasa, haftada bir marta uydan tashqarida uchrashuvga borishlari kerak.
Ketrin Zeta-Jons va Maykl Duglas: Xiyonatning bahosi — 5 million dollar
“Zorro niqobi” filmidagi rol Ketrin Zeta-Jonsga shuhrat keltiribgina qolmay, muhabbatini topishga ham yordam berdi. Film taqdimotida Maykl Duglas Ketringa shu qadar maftun bo‘ldiki, umumiy do‘stlari Antonio Banderasdan uchrashuv uyushtirib berishni so‘radi, bir oy o‘tgach esa birinchi rafiqasi bilan ajrashishga ariza berdi, Ketrinning barmog‘ida esa bir necha million dollarlik nikoh uzugi paydo bo‘ldi. Darvoqe, Ketrin Zeta-Jons va uning eri Maykl Duglas bir kunda tug‘ilgan, shuning uchun 25 sentyabrda ikki karra tug‘ilgan kunni nishonlashadi. 25 — bu raqam ularning yoshi orasidagi farqni ham anglatadi. Bu taqdirmi? Ehtimol, shundaydir. Hech nimaga qaramay, Ketrin sug‘urtalanib qo‘yishni ma’qul ko‘rgan. Axir eri uni deb xotinidan voz kechganini unutmagan. Aynan shuning uchun Zeta-Jons shartnoma “bir martalik xiyonat bahosi”ni — 5 million dollar deb baholagan.
Beyonse va Jey Zi: Bolalarning narxi bor
Beyonse va uning prodyuseri, hozirda esa eri bo‘lmish Jey Zining ishqiy munosabatlari Beyonse 21 yoshida boshlangan. Nikoh shartnomasida Bi xiyonatning qiymatiga emas, bolalarga urg‘u bergan. Er-xotin ajrashgudek bo‘lsa, Jey Beyonsega nikohda tug‘ilgan har bir bola uchun 5 million dollardan to‘lashi kerak.
Nikol Kidman va Kit Urban: Giyohvandlikka “yo‘q”!
2006 yilda to‘y oldidan Nikol qallig‘ini giyohvand moddalarga qaramlikdan davolanishga majbur qilib, nikoh shartnomasida ham hech qanday giyohvand modda iste’moli bo‘lmasligi kerakligini qat’iy qayd qildirdi. Urban taqiqni boshqacha tushunib, to‘ydan so‘ng to‘rt oy o‘tib… ichkilikka berildi. Kidman erini davolatish uchun kasalxonaga yotqizdi, uni yo‘qlab turdi, davolanish haqini ham to‘ladi. Nikol eriga ishonardi, u ham xotiniga ishondi: 2008 yilda, aktrisaning bepushtligi haqidagi mish-mishlarga qarshi o‘laroq, oilada qizaloq dunyoga keldi. 2010 yilning dekabrida oiada yana bir qizaloq — Feyt Margaret Kidman-Urban tug‘ildi. Uni surrogat ona dunyoga keltirdi.
Tom Kruz va Keti Xolms: Imkon tug‘ilishi bilan — fazoga!
Aktyorning muxlislari Opra Uinfri shousining afsonaviy sonini yaxshi eslashadi. Aynan o‘sha shouda Kruz ilk bor yosh aktrisa Keti Xolmsga nisbatan tuyg‘ulari haqida so‘zlab bergandi. Keyin juftlikning chiroyli to‘yi o‘tdi, qizaloq Suri dunyoga keldi. 2012 yilda esa shov-shuvli ajrim yuz berdi. Keti bolasini sayentrologiyaga jalb qilishni istamagani uchun mashhur erini tashlab ketdi. Vaholanki, fotiha paytidayoq bu munosabatlar uzoq davom etmasligi ma’lum bo‘lgandi. 100 sahifadan iborat nikoh shartnomasida Kruzning rafiqasi uning diniy qarashlarini baham ko‘ribgina qolmay, sayentologlarning o‘zga sayyoradagi yetakchisi Ksenu Yer sayyorasiga uchib kelishi bilan fazoviy kemada uchib ketishi kerakligi qayd qilingandi. Xolmsning baxtiga, Kruz bilan birga yashagan yillari davomida Yerga hech kim uchib kelmadi.
Britni Spirs va Kevin Federlayn: Shartnoma kasodga uchrashdan asrab qoldi
Xiyonatkor Kevin Federlayn bilan ajrashish 2006 yilda Britni uchun asabiy zo‘riqish, o‘z o‘g‘illari bilan muloqot qilishda muammoga duch kelishga sabab bo‘ldi. Ammo kasodga uchramadi. Kevinni yaxshi bilganlar u allaqachon nikoh shartnomasini tuzayotganda o‘zi uchun manfaatli bandlarni kiritib qo‘ygan, deb o‘ylashgandi. Ular yanglishishdi. Britnining advokatlari halolroq va sadoqatliroq bo‘lib chiqdi, ular shartnomani shunday tuzishdiki, qo‘shiqchining 65 million dollaridan Federlayn atigi 1 bir millionga ega bo‘ldi.
Mel Gibson va Robin Mur: Bir etak bola va… mol-mulkning yarmi
Mel Gibson 1980 yilda uylandi, bir yil o‘tib esa Xanna dunyoga keldi. Uch yildan keyin esa — egizaklar Edvard va Kristian, olti yildan keyin — o‘g‘li Villi… 1988 yilda Lui tug‘ildi, yana uch yildan so‘ng — Maylo. Oxirgi bola 2000 yilda tug‘ilgan Tommi bo‘ldi. Iste’dodli aktyor va rejissyor, oilaparvar er, mehribon ota Mel Gibson 2009 yilda kutilmaganda oilasini tashlab ketib, uncha mashhur bo‘lmagan rus pianinochisi Oksana Grigoreva bilan aloqasi haqida ma’lum qildi.
Bu munosabatlar aktyorning obro‘sini tushiribgina qolmay, 450 million dollaridan mahrum qildi. Ha, bu bir milliardning deyarli yarmi. Va bu juda katta pul. Nikoh shartnomasi esa ancha kamtarona edi: Robin, ajrashgudek bo‘lishsa, eriga tegishli mol-mulkning yarmigagina da’vo qilardi. 25 yillik oilaviy hayot davomida Gibson boshlovchi aktyordan hisob raqamida 900 million dollarga ega bo‘lgan dunyoga mashhur yulduzga aylandi.
Anjelina Joli va Bred Pitt: Bolalar onasi bilan qoladi
Gollivudning eng chiroyli juftliklaridan birining ajrashayotgani haqidagi zabar jamoatchiliknigina emas, balki Anjelina Joli va Bred Pittning olti nafar bolasini ham lol qilib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, er-xotinning uch nafar biologik va uch nafar asrandi farzandi bor. Ajrashish haqidagi qaror qat’iy ekanligi ma’lum bo‘lgach, juftlikning muxlislari aktyorlar bolalarni qanday bo‘lishishini taxmin qila boshlashdi. Gollivud huquqshunoslari esa, bu masalaning taxmin qiladigan joyi yo‘qligini yaxshi bilishardi, chunki Joli shartnomada aniq qayd qildirgan: ajrim bo‘lganda, bolalar u bilan qolishadi. Aynan shu sababli Anjelina bolalarini bemalol Pittdan olib ketdi.
Manba: tasvir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi