
Ayni paytda dunyoning turli burchaklarida kuzatilayotgan ayoz jonivorlarni ham azobga solmoqda. Kuni kecha tili bilan lyuk qopqog’iga muzlab yopishib qolgan kuchuk yo’lovchilar tomonidan qutqarib olindi. Uning ushbu azobdan qutulishga harakat qilib, akillayotgani yo’lovchilarni bee’tibor qoldirmagan.
Xabarda aytilishicha, avvaliga uni lyukdan ajratib olish g’oyasi amalga oshmagan, ammo keyin qo’shimcha bir litr iliq suv yordamida kuchuk “asirlik”dan qutqarildi. Hodisa guvohlari kuchuk bu yerga qiziqish bilan emas, balki och bo’lgani uchun yopishib qolganini aytmoqdalar.
Ehtimoliy tahminlarga ko’ra mahalliy aholi vakillari kuchuk uchun lyuk ustiga ovqat qoldiqlaridan tashlab berishgan, jonivor esa ularni yeb bo’lgach, qopqoqni yalab tozalamoqchi bo’lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar