
Braziliyaning Rio-de-Janeyro tumanida 22 yildan buyon istiqomat qilib keluvchi erkak yashash joyi uchun pul to’lamaydi. Sababi u hududdagi plyajlarning birida o’zi uchun qumdan saroy qurgan va har kuni bu yerning go’zal tabiatidan bahramand tarzda hayot kechiradi.
44 yoshli Marsio Mizael Matoliasning oilasi ham, farzandlari ham, sevgan yori ham yo’q. Mahalliy aholi vakillari uni plyaj qiroli deb atashadi, sayyohlar esa erkak qurgan saroy yonida suratga tushish uchun bu yerga tashrif buyuradilar.
“Men Guanabara ko’rfazida ulg’ayganman va hamisha plyajda yashab kelganman. Odamlar dengiz bo’yida yashash uchun katta ijara haqi to’laydilar, mening esa bunday hisoblarim yo’q. Shu tariqa bu yerda o’rnashib oldim” deydi Marsio.
Qum saroy ichidagi kichik hudud 3 kvadrat mertni tashkil etadi va bu yerda Marsio o’zining kerakli buyumlarini saqlaydi. Buyumlar orasida uning juda ko’p kitoblari ham bor.
Ammo barchasi ham ko’ringanidek oson emas. Marsio uyining qulab ketmasligi uchun unga muntazam ravishda suv quyib turadi, biroq hech narsaga bog’lanib qolmaganini ham aniq ayta oladi. Agar qum qurib, saroy vayron bo’lsa, u yangi turarjoy qurib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar