23:46 / 27.01.2018
6 589

O’rta asrlar saroyida arvoh suratga olindi

Ўрта асрлар саройида арвоҳ суратга олинди
Angliyada istiqomat qiluvchi 12 yshli Garri ismli bolakay otasi Jon Uiks bilan o’rta asrlar saroyi haqida doklad tayyorlash uchun kerakli manzilga yo’l oldilar.

Farnboro saroyini yaxshiroq o’rganish maqsadida ota-bola uni yaxshilab aylanib chiqishdi va bir nechta suratlar ham olishdi. Uyga kelib, olingan suratlarni ko’rayotgan paytlari esa kadrga tushib qolgan va ruhoniylarga o’xshab ketadigan qora gavdani payqadilar.

Jon surat olinayotgan paytda devor yaqinida hech narsa bo’lmaganini takror va takror aytgan bo’lsa-da, internet foydalanuvchilari ushbu hodisaga mantiqiy yechim izlay boshladilar va bu devorning o’pirilgan joyi bo’lishi mumkinligi haqida tahmin qildilar.

Hodisadan habar topgan paranormal mavjudotlar tadqiqotchisi Alan Tigvell esa ushbu suratni olib, saroyga bordi va devorda hech qanday o’pirilgan joy yo’q ekanligini aniqladi.

Xabarda aytilishicha, mutaxassis saroyda arvohlarni uchratmagan, ammo qasrning o’ta qadimiy ekanligini hisobga olganda, suratdagi gavdaning haqiqatan arvoh bo’lishi mumkinligini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O’rta asrlar saroyida arvoh suratga olindi