
Bugun, 29 yanvar kuni Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida yo‘lovchi tashuvchi avtobus daryoga qulab tushdi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea oqibatida kamida 10 kishi vafot etgan, 7 kishi qutqarib olingan.
Ma’lumotlarga qaraganda, avtobus 42 kishiga mo‘ljallangan, ammo hozircha voqea sodir bo‘lgan vaqtda uning ichida necha kishi bo‘lganligi noma’lum.
Mahalliy aholi qutqaruv operatsiyasini o‘zlari boshlashgan. Politsiya va qutqaruvchilar voqea joyiga kechikib kelishgach, aholi ularni toshbo‘ron qilish orqali o‘z noroziliklarini bildirishgan. Bir necha mashinalar yoqib yuborilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar