Pokistonning Xayber-Paxtunva provinsiyasida ko‘zga ko‘ringan siyosatchining jiyaniga turmushga chiqishni istamagan talaba qiz Asma Rani otib o‘ldirildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Qiz o‘limi oldidan gospitalda qotilning ismini aytishga ulgurdi. Uni ushbu havola orqali ko‘rish mumkin.
Voqea 28 yanvar kuni bo‘lgan edi. Qotillikni muhabbati rad etilgan kuyov Mujaxidulloh Afridiy va uning akasi Sadikullular amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi. Jinoyatchilar hali qo‘lga olinmagan.
Asma Rani Abbotoboddagi tibbiyot fakultetining 3-bosqich talabasi bo‘lgan. Qotillik bo‘lgan paytda u uyiga ta’tilga kelgan edi. Shu yerda unga Pokiston adolat harakatining hududiy bo‘limi rahbari Imron Xonning jiyani Mujaxidulloh Afridiy muhabbat izhor qilib, qo‘lini so‘radi. Rad javobini olgan “kuyov” qizni otib o‘ldirdi.
Asmaning oila a’zolari Mujaxidullohning oilasi borligi sababli qiz unga rad javobini berganligini ma’lum qilishdi. Qotillikdan keyin aka-uka Dubayga uchib ketgan. Hozircha politsiya mazkur taxminni tasdiqlamadi.
Qotillik haqida shov-shuv ko‘tarilgandan so‘ng provinsiya rahbari Parviz Hattoku jurnalistlarning savollariga javob berishga majbur bo‘ldi. U ayblovni rad etib, muxbirlarga javob berishdan o‘zini olib qochdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas