Bugun shu haqda Yevropadagi ko‘zga ko‘ringan mutaxassislar rasman xabar tarqatdi. Ularning aytishicha, Angliya osmonida ertalabdanoq bir nechta o‘zga sayyoraliklarga tegishli disksimon fazo kemalarini ko‘rishgan.
— Kembrijda talabalar o‘zga sayyoraliklardan ta’lim olishi haqidagi xabar ancha oldin tarqatilgan, — deydi jurnalist Devid Satton. — Ular 2015 yili Kembrijga qatnay boshlashgan. Angliyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishida ham aslida o‘zga sayyoraliklarning roli bor. Men so‘zimning isboti sifatida bir nechta suratlarni ko‘rsatishim mumkin. Bugun ertalab samoda o‘zga sayyoraliklar kemalarini ko‘rganimdayoq darhol suratga olganman…
Ufologlardan biri Angliya davlatiga baho berarkan, quyidagi fikrlarni ilgari surdi:
— Angliya juda xavfli davlat, — dedi u. — Ancha paytdan beri o‘zga sayyoraliklar bilan hamkorlik qiladi. Dahshatlisi, Kembrij universitetidagi muallimlarning ko‘pchiligi o‘zga sayyoraliklar tilida o‘zaro muloqot qilganiga ham guvoh bo‘lganmiz…
— O‘zga sayyoralik gumanoidlar, — deydi yana bir guvoh. — Odamga juda osonlik bilan aylana oladi va suhbatdoshining miyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Alam qiladigani shuki, ular Angliyada qotillik jinoyatlari sodir bo‘lishini birmuncha ko‘paytirishgan. O‘shalar paydo bo‘lgandan beri bolalarning izsiz yo‘qolib qolish hodisasi ko‘paygan. Bolasini yo‘qotgan ota-onalarning ko‘plari ham o‘sha paytga yaqin osmonda o‘zga sayyoraliklar kemasiga ko‘zi tushganini tasdiqlashmoqda.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...