World Justice Project xalqaro tashkiloti qonun ustuvorligi jahon reytingini e’lon qildi. Unda 113 mamlakat nomi keltirilgan bo‘lib, O‘zbekiston 91-o‘rinda qayd etilgan, bu o‘tgan yilga qaraganda 2 pog‘ona yuqori ko‘rsatkichdir.
Qonun ustuvorligi reytingi yilda bir marta tuziladi. Bu yilgi reytingda Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Niderlandiya kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. AQSh 19-o‘rinda kelgan. Eng oxirgi o‘rinda Venesuela qayd etilgan.
Qozog‘iston 113 mamlakat ichidan 64-o‘rinni, Qirg‘iziston 82-o‘rinni, Afg‘oniston esa 111-o‘rinni egallagan. Reytingda Tojikiston va Turkmaniston yo‘q.
WJP qonun ustuvorligi reytingi sakkiz ko‘rsatkich asosida tuziladi: hukumat institutlari vakolatlarini cheklash, korrupsiya darajasi, davlatning ochiqligi, qonun ustuvorligi va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, huquq tartiboti, fuqarolik sudi va jinoiy suddagi adolat ko‘rsatkichlari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi