5 387
O‘z o‘g‘liga yolg‘on tashxis qo‘yib, 8 oy davomida pul ishlab kelgan ota-ona hibsga olindi
Amerikaning Florida shtatidan bo‘lgan ota-ona xayriya pullarini yig‘ish maqsadida o‘z o‘g‘lini miyangda saraton bor deya sakkiz oy aldab keldi, deb xabar bermoqda Daryo.uz.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Jinni Long va Robert Long 1 fevral kuni hibsga olingan. Ular bolalarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lish va ta’magirlik ayblovlari qo‘yilgan.
Miami Herald’ning yozishicha, ota-ona o‘z farzandiga qo‘yilgan tashxisni o‘tgan yilning may oyida o‘ylab topgan. Ular o‘g‘liga miyasida saraton borligini va u Rojdestvo bayramiga qadar o‘lishini aytgan. Bundan tashqari ular o‘g‘li o‘qiydigan maktabda xayriya futbolkalarini sotishni yo‘lga qo‘ygan va GoFundMe’da kraudfanding akkauntini ochgan.
Tergov ishlari o‘tgan yilning noyabrida, mazkur juftlik o‘z farzandida mavjud bo‘lmagan kasallik sababli pul ishlashda gumon qilingani sabab boshlangan. Tekshiruvlar sakkiz oy davomida o‘limga tayyorlangan bolakayda saraton yo‘qligini aniqladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar