
Mahalliy politsiyachilarning ma’lum qilishicha, kecha, 6 fevral kuni kechqurun Tayvanning sharqiy qirg‘og‘ida ro‘y bergan 6,4 magnitudali zilzila oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lgan, 145 kishi bedarak yo‘qolgan, 225 kishi tan jarohati olgan.

Tayvanning rasmiy axborot agentligi CNA xabariga ko‘ra, bu hududda zilzila natijasida to‘rtta bino qulab tushgani aytilmoqda.
Zilzila Sharqiy Xitoy dengizi bo‘yidagi Hualiyen shahridan 21 km shimolda joylashgan. Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Tayvanning markazida, Hualiyenning taxminan 120 kilometr shimolida yer silkinishi sezilgan.
Hualiyen shahridagi Marshal mehmonxonasi ushbu tabiat hodisasi natijasida yiqilgan binolardan biri bo‘ldi.

Qutqaruv guruhidagi 400 dan ortiq qutqaruvchilari bedarak yo‘qolganlarni topishga urinishmoqda. Yaradorlar asosan “Marshal” mehmonxonasi va shaharning boshqa bir qancha binolari ichidan topilgan.
Ma’lumot uchun, keyingi kunlarda yurtimizda ham tez-tez zilzila kuzatilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar