21:00 / 07.02.2018
5 585

Liverpullik «arvoh ovlovchi» yovuz ruhning ta’qibiga uchradi…

Liverpullik «arvoh ovlovchi» yovuz ruhning ta’qibiga uchradi…
Er-xotin Rebekka Palmer va Shon Reynoldslar azaldan eski, tashlandiq uylar, binolar ichini kezib u yerdagi arvohlarni o‘rganish, bezovta qilish bilan shug‘ullanishadi. Shuning uchun ularni arvoh ovlovchilar deb atashadi. Yaqinda ular videooperatorlar hamrohligida Liverpul chetidagi 300 yillik tarixga ega eski tashlandiq uy ichkarisiga kirishdi. Maqsad o‘sha-o‘sha, tashlandiq bino ichkarisidagi arvohlarni tekshirib ko‘rish, ularning hayoti bilan qiziqib ko‘rish…

Oldin uy tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Bu uy uch yuz yil oldin o‘sha davrdagi tampliyerlarni eslatuvchi alohida harakat a’zolarining majlis quradigan manzili hisoblangan. Ularni masonlar deb atashgan. Masonlar asosan quruvchi, tosh yo‘nuvchilardan tashkil topgan. Ular diniy nuqtai nazardan o‘z oqimi, ichki qonunlariga ega bo‘lgan. Shu jihatlari tampliyerlarni eslatib yuboradi…

Ichkariga kirishgandayoq Rebekka tanasida yovuz ruhlar ta’sirini his eta boshladi.

— Biz zinalardan yuqoriga ko‘tarila boshlaganimizda, — deydi Rebekka. — A’zoyi badanimda o‘ta yoqimsiz hislarni tuya boshladim. Avvaliga ko‘zlarim achishib yoshlana boshladi. Sal o‘tib bo‘ynimni nimadir kuydirib o‘tgandek tuyuldi. Boshimni kimlardir qattiq bosib turgan kabi yuqoriga qarashga ojiz qoldim. Qo‘l-oyoqlarim ham o‘zimga bo‘ysunmaya qo‘ydi chamamda. Shu payt operatorimiz menga turli yovuz kuchlardan himoya etish uchun mo‘ljallangan brasletni tutqazdi. Uni qo‘limga taqishim bilan tanamdagi yoqimsiz o‘zgarishlar barham topdi. Lekin qayerdandir qorong‘ilik qa’ridan na odam, na hayvonnikiga o‘xshaydigan, juda yoqimsiz va dahshatli irillash, qichqiriq atrofni tutdi. Men hayron qoldim. Bu tuyg‘ularni faqat mengina o‘zimdan kechirardim. Yonimdagi erkaklar bunday tuyg‘ulardan tamoman xoli ekanliklarini aytishdi…

Keyinchalik kerakli hujjatlarni o‘rganish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, uyda doimiy tarzda masonlar majlis o‘tkazib kelishgan. Ular majlisda ayol kishi ishtirok etishini hech qachon yoqlashmagan. Ana shuning uchun ham Rebekkaning uy ichiga kirishi necha asrlardan beri tinchini topa olmagan masonlar arvohlariga yoqmagan va ular tish-tirnog‘i bilan qarshilik qila boshlagan.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Liverpullik «arvoh ovlovchi» yovuz ruhning ta’qibiga uchradi…