Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili buvisining onasi o‘z vaqtida Iosif Stalinni qutqarib qolgani haqida so‘zlab berdi. U bu haqda Facebook’da yozganini Kun.uz ma’lum qildi.
“Buvimning onasi Tamara Stalinni jandarmlardan qutqarib qolgani, otasi – boy sanoatchining uyidan olib chiqqani, Stalin esa bu yaxshilikka ularning mulkini musodara qilish va otasi hamda akasini yo‘q qilish bilan javob qaytargani haqida so‘zlab bergandi”, deb aytgan Saakashvili.
Saakashvili bu voqeani “Stalinning o‘limi” filmini tomosha qilgandan keyin eslagan. U Rossiyada taqiqlanishi so‘ralgan bu filmga ijobiy baho bergan.
Rossiyada ushbu film noroziliklarga sabab bo‘lgan. Bir qator rossiyalik siyosatchi va madaniyat arboblari film tomoshasidan keyin uni prokatdan qaytarib olishni talab qilishgan.
Jumladan, ularning Rossiya madaniyat vaziri nomiga yozgan maktublarida Britaniya kinoijodkorlari tomondan yaratilgan film “fashizmni mag‘lub etgan Rossiya fuqarolarining xotirasini bulg‘alovchi komediya” deb atalgan. Shuningdek, aktyorlarning yomon ijrosi, beo‘xshov dekoratsiyalar tanqid qilingan. Bundan tashqari, filmda keltirilgan axborot ekstremistik va inson qadr-qimmatini kamsituvchi deb baholanishi mumkinligi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»