22:20 / 15.02.2018
3 898

Saakashvili Gollandiya pasportiga ega bo‘ldi

Saakashvili Gollandiya pasportiga ega bo‘ldi
Niderlandiya hukumati Mixail Saakashviliga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Bu haqda uning o‘zi Facebook sahifasida xabar qoldirdi.

“So‘nggivaqtlarda ilk bora shaxsimni tasdiqlovchi, haqiqiy hujjatga ega bo‘ldim. Niderlandiyaga kelishim bilan menga yashashim, Yevroittifoqda ishlashim uchun zarur bo‘lgan shaxsimni tasdiqlovchi hujjatni topshirishdi. Bunga bir necha daqiqa kifoya qildi, xolos”, deb yozdi sobiq Gruziya prezidenti. Shunga qaramay, u Ukraina fuqaroligini qaytarib olish fikridan voz kechmaganligini ham aytib o‘tdi.

Saakashvili Amsterdamga 14 fevral kuni keldi. Uni 12 fevral kuni Ukrainadan Polshaga chiqarib yuborishdi. Biroq siyosatchi Polshadan siyosiy boshpana so‘ramasligini, oilasi bilan Gollandiyaga ketishini ma’lum qilgan edi.

Fevral oyida Ukraina sudi Saakashviliga qochoq maqomi va siyosiy boshpana berilishini rad etgan edi. U 2017 yilning iyul oyida AQShda ekanligida Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan edi. Ukraina chegarachilari uni chegaradan o‘tkazmasliklari haqida ma’lum qilishgan. Sentyabr oyida Saakashvili Polsha orqali Ukraina hududiga kirib kelgandan keyin Kiyev shahar sudi uni chegarani noqonuniy buzganlikda ayblagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saakashvili Gollandiya pasportiga ega bo‘ldi