
Avvalroq, Eron “Osemon havo yo‘llari”ning Tehron-Yosuj shaharlari yo‘nalishida ichki parvozlarni amalga oshiradigan ATR-72 600 rusumli samolyoti halokatga uchragani haqida xabar bergan edik.
Camolyot halokatiga ob-havo sharoitlarining yomon bo‘lganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” ma’lum qildi.
Uchuvchilar shu tufayli yo‘nalishni yo‘qotgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Qutqaruv xizmatlari noqulay ob-havo bois qidiruv ishlarini to‘laqonli olib borolmayapti.
Eslatib o‘tamiz, samolyot bortidagi 60 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosining barchasi halok bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar