Kecha, 18 fevral kuni aviakompaniya matbuot kotibi Muhammad Tobatoboyi samolyot halokati natijasida bortdagi barcha – 66 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Biroq bu xabar berilgan paytda qidiruv-qutqaruv ishlari hali boshlanmagan edi.
Dastlab aviakassa boshqarmasiga Tehrondan Yosujga uchgan samolyotga 60 kishilik bilet sotilgani va undan tashqari 6 kishi ekipajda ketgani haqida ma’lumot berilgan.
Surishtiruvlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bir nafar yo‘lovchi parvozni o‘tkazib yuborgan, ya’ni Yosuj shahriga uchib ketgan samolyot bortida bo‘lmagan.
Parvozdan qolib ketgan ayol kishi bo‘lgan va u bu xabarni eshitishi bilan o‘zi haqida ma’lumot bergan.
Aytilishicha, ayol noqulay ob-havodan tashvishlanib aeroportga borishdan oldin Yosujga – uydagilariga telefon qilgan. Biroq unga hech kim javob bermagan.
U aeroportga kelguncha samolyot uchib ketgan.
Oradan vaqt o‘tgach Yosuj shahridan ayolning akasi xavotirda telefon qilgan va unga samolyot halokatga uchraganini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi