17:38 / 19.02.2018
7 740

O‘zbekistonliklarni qullikda ushlab turgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

O‘zbekistonliklarni qullikda ushlab turgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jinoyatchilar 2016 yili o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik 16 nafar fuqaroni, ularning pasportini olib qo‘ygan holda, tekstil fabrikasida majburlab ishlatishgan.

Uch nafar buryatiyalik va bir nafar O‘zbekiston fuqarosi (ayol kishi) bu qilmishi uchun sud oldida javob bermoqda. Bu haqida «Xabar» nashri xabar berdi.

Guruh a’zolari xorijliklarni Rossiya hududida noqonuniy ushlab turish va ulardan majburiy mehnatda foydalanganlikda ayblanmoqda.

Tergovda aniqlanishicha, jinoiy guruh a’zolari 2015 yili 11 nafar xorijlikni Rossiya hududiga noqonuniy kirib kelishini tashkil etgan va ularni Pribaykal rayonidagi Turuntayevo qishlog‘ida joylashgan ishlab chiqarish bazalarining xo‘jalik inshootlariga joylashtirishgan.

2016 yilning martidan to iyuliga qadar ushbu guruh a’zolari o‘sha inshootlarda O‘zbekiston va Qirg‘izistonning 16 nafar fuqarosini, ularning pasportini olib qo‘ygan holda, noqonuniy ushlab turishgan. Jinoyatchilar ularni faqat yegulik evaziga tekstil fabrikasida ishlashga majburlashgan, turli qiynoq, psixologik va jismoniy zo‘rlik ishlatishgan.

Buryatiya Respublikasining Pribaykal rayoni sudi mazkur jinoiy ish materiallarini yaqin vaqt ichida ko‘rib chiqadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonliklarni qullikda ushlab turgan jinoiy guruh qo‘lga olindi