Tayvanda 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Tayvan sharqiy sohillarida 22 fevral, payshanba kuni 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “TASS”ga tayanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Zilzila epimarkazi Xualyan uyezdidan 69,6 kilometr masofadagi dengiz akvatoriyasida joylashdi.

Yer silkinishi Taydun, Szyai, Nantou, Yunlin uyezdlari va Gaosyun hamda Taychjun shaharlari hududida ham sezilgan.

Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar, shuningdek, sunami tahdidi haqidagi ma’lumotlar kelib tushmadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar