20 fevral kuni Qirg‘izistonning janubiy viloyati Jalolobodning Qo‘chqor-Ota shahridagi kafelaridan birida gaz balloni portlashi oqibatida to‘rt kishi og‘ir tan jarohati olgani haqida Qalampir nashri xabar berdi.
Ushbu portlash natijasida Toktogul tumanidagi Torkent qishlog‘ida yashovchi Qirg‘iziston fuqarosi va kafeda ishlovchi uch nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlangan.
Voqea ro‘y bergan paytda xonada 4 kishi bo‘lgan va natijada ularning yuqori tana qismlari kuygan.
Jabrlanganlardan uch nafari Namangan shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar hisoblanishadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari – Azimjon Valiyev va Muhammadbobir Turg‘unpo‘latov Qo‘chqor-Ota shahridagi shifoxonaga joylashtirilgan. Yana bir jabrlangan fuqaro – Rustam Parpiyev uchinchi darajada kuyish natijasida, O‘sh shahridagi kasalxonaga yotqizilgan.
“Favqulodda hodisa ro‘y bergan joyda operativ tergov guruhi faoliyat olib bormoqda. Hodisa holatlari tergov qilinmoqda.
O‘zbekiston elchixona tomonidan O‘sh shahridagi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining mas’ul Vakolatxonasi vakillari va Jalolobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi bilan ishchi aloqalar o‘rnatildi.
Hodisa sababini o‘rganish uchun Nooken tumani IIB operativ guruhi voqea joyiga jo‘natgan. Dastlabki taxminga ko‘ra, novvoyxonada gaz sizib chiqishi oqibatida portlash sodir bo‘lgan.
Hozirda tegishli tekshiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi TIV xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?