09:47 / 25.02.2018
3 789

Amerikalik diplomat AQSHning strategik xatosi nimadan iboratligini aytdi

Amerikalik diplomat AQSHning strategik xatosi nimadan iboratligini aytdi
AQSHning Kuvayt va Liviyadagi sobiq elchisi, amerikalik diplomat Debora Jons “Gazeta.ru” nashriga bergan intervyusida AQSH qo‘shinlarining Iroqqa kirishini AQSHning 21-asrdagi strategik xatosi deb atadi.

“Yaqin Sharqda kimdir Iroqqa qo‘shin olib kirish strategik xato bo‘lgani va 21-asrning strategik xatosi bo‘lib ko‘rinishini rad eta oladi, deb o‘ylamayman”, deb aytgan ayol diplomat.

Jonsning ta’kidlashicha, AQSHga qarshi har bir harbiy yoki terrorchilik aksiyasi AQSHning harbiy doktrinasi o‘zgarishi bilan kechgan.

“Iroqda yuz bergan voqeliklarning istehzoli tomoni shundaki, bizda davlat departamentida Iroqqa kirishga qarshi ikkita general – Kolin Pauell va Richard Armitij hamda kirishni qo‘llab-quvvatlagan – Pentagon rahbari kabi fuqaro shaxsi (Donald Ramsfeld nazarda tutilmoqda) bo‘lgan”, deb aytdi Jons.

2003 yilda Iroqqa AQSH va Iroqqa karshi koalitsiya qo‘shinlarini olib kirishga AQSH maxsus xizmatlarining ma’lumoti rasmiy sabab bo‘lgan. Bu xizmatlar go‘yoki Iroqda ommaviy qirg‘in qurollari ishlab chiqilishining isbotlarini topishganini ta’kidlashgan. Biroq keyinroq buning biror-bir ishonchli isboti bo‘lmagani ma’lum bo‘lgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik diplomat AQSHning strategik xatosi nimadan iboratligini aytdi