12:25 / 25.02.2018
5 775

Rossiya fuqarolariga migrantlarni ro‘yxatdan chiqarish huquqi beriladi

Rossiya fuqarolariga migrantlarni ro‘yxatdan chiqarish huquqi beriladi
Davlat Dumasi Rossiya fuqarolariga chet el fuqarolarini ro‘yxatdan chiqarish huquqi beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

Ushbu qonun tashabbusi Rossiya fuqarolarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan hamda chet el fuqarolarini ro‘yxatga qo‘yish aniqligini oshiradi. Yangi qonun loyihasi qabul qilayotgan Rossiya fuqarosiga xorij fuqarosini, ro‘yxatda turish uchun asos qolmagan hollarda, ro‘yxtdan chiqarish huquqini beradi. Buning uchun fuqaro IIVga pochta, internet yoki “yagona darcha” orqali ariza yuborishi kerak bo‘ladi.

Ushbu qonun loyihasi muallifflaridan biri, Davlat Dumasi vitse-spikeri Irina Yarovaya aytishiga qaraganda, bugungi kunda chet el fuqarosini o‘z uyida ro‘yxatga qo‘ygan Rossiya fuqarosi, u bilan mehnat munosabatlarini yakunlagan va aloqani yo‘qotgan hollarda ham, uni ro‘yxatdan chiqara olmaydi.

Deputat fikriga ko‘ra, ushbu holat Rossiya fuqarosi huquqlarini cheklaydi. Undan tashqari migrant ro‘yxatdan o‘tgan manzilda emas boshqa joyda yashagan hollarda fuqaroga nisbatan jarima qo‘llanilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada har bir yangi qonun kuchga kirishidan oldin Davlat Dumasida 3 marotaba o‘qiladi va unga barcha kerakli o‘zgarishlar kiritiladi. Shundan so‘ng u Federatsiya kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Undan so‘ng prezident tomonidan imzolanadi va kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya fuqarolariga migrantlarni ro‘yxatdan chiqarish huquqi beriladi