Odamlar! Amalingizga ham, kuchingizga ham, pulingizga ham ishonmang, hammasi o‘tkinchi! Foto: AR
Mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger o‘zining bronza haykali yonida uxlayotgani tasvirlangan suratni ommaga e’lon qildi va uning tagida quyidagicha izoh qoldirdi: “Zamon qanchalik o‘zgarib ketdi... Men Kaliforniya gubernatori bo‘lgan paytim shu mehmonxonani shaxsan o‘zim ochib bergandim. O‘shanda mehmonxona ma’muriyati qachon kelishimdan qat’i nazar aziz mehmon ekanligimni, men uchun alohida xona bepul taqdim etilishini bildirishgandi. Gubernatorlik lavozimidan ketganimdan keyin mehmonxonaga kelsam, menga xona berishdan bosh tortishdi va pul to‘lashimni so‘rashdi. Bu holatni ular mehmonxona juda ommabop bo‘lib ketganligi tufayli shunchaki xona bera olmasliklari bilan izohladilar”.
Shundan so‘ng Arnold Shvarsenegger ko‘rpa-yostiq olib kelganicha mehmonxona yonidagi o‘z haykali yonida uxladi va bu harakati orqali odamlarga quyidagilarni tushuntirmoqchi ekanligini bildirdi: “Men amaldor paytimda hamma meni maqtar, xushomad qilardi. Amaldan ketganimdan keyin go‘yoki meni unutdilar va bergan va’dalarini bajarmadilar. Odamlar! Amalingizga ham, kuchingizga ham, pulingizga ham ishonmang, hammasi o‘tkinchi!”.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...