Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalist Vladimir Solovyovning “Jahon tartibi 2018” nomli hujjatli filmida AQSH prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya Tramp bilan nima haqida gaplashgani va uni nima deb aldaganini hikoya qilib berdi.
Putinning aytishicha, o‘tgan yil Hamburgda o‘tgan “G 20” davlatlari yig‘ilishi doirasida kechgan suhbat chog‘ida ular AQSHning birinchi xonimi bilan Sibir yo‘lbarslari, Kamchatka ayiqlari va albatta baliq ovlash haqida gaplashishgan.
“Albatta, men ovlagan balig‘imning ulkanligi haqida biroz mubolag‘a qildim. Lekin baliq ovi haqida gapirayotganda ozgina bo‘rttirilmasa, suhbatning qizig‘i qolmaydi”, deydi Putin hazillashib.
Solovyov suratga olgan bu hujjatli film oxirgi kunlarda butun dunyoda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Unda Putinning yadro quroli haqida aytgan gaplari ayniqsa shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»