Bugun mahalliy vaqt bilan soat 15:00da Pyongchangdagi Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini ko‘tarish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi hamda delegatsiya a’zolari ishtirok etishdi.
Tantanali marosimda Pyongchang Paralimpiya shaharchasi meri, Seul nogironlar sport assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Park Yon Sooga O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Foto: Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi
Eslatib o‘tamiz, XII Paralimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi ertaga, 9 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan soat 16:00) da boshlanadi. Unda tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yoqutxon Xolbekova delegatsiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»