AQSh prezidenti Donald Tramp Reks Tillersonni Davlat departamenti rahbarligidan iste’foga chiqardi. Bu haqda uning o‘zi tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Ma’lum qilinishicha, endilikda bu lavozimga MRB direktori Mayk Pompeo tayinlangan.
AQSh prezidenti Tillersonga minnatdorchilik bildirgan va Pompeo yangi lavozimda «fantastik darajada» ish olib borishiga ishonch bildirgan.
Mayk Pompeo. Foto: Reuters
Markaziy razvedka boshqarmasiga esa endilikda Jina Haspel rahbarlik qiladi. U shu vaqtgacha Pompeoning o‘rinbosari edi.
Donald Tramp 2016 yilning 13 dekabrida Tillerson nomzodini AQSh Davlat departamenti rahbarligiga tavsiya qilgandi. Bu nomzod sobiq davlat kotiblaridan biri Kondoliza Rays tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangandi. U 2017 yil fevralidan AQSh Davlat kotibi sifatida ish boshladi.
Amerika matbuoti bir necha marta Tramp Davlat kotibi faoliyatidan qoniqish hosil qilmayotgani va Tillerson bu lavozimni tark etish arafasida turgani haqida yozgandi. Uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida Pompeodan tashqari, BMT qoshidagi maxsus vakil Nikki Heylining ham nomi keltirilgan edi. Lekin Davlat departamenti ham, Tillersonning o‘zi ham prezident bilan ziddiyat mavjudligi haqidagi har qanday xabarni inkor etib kelardi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»