2018 yildagi eng baxtli davlat sifatida Finlyandiya tan olindi. Bu haqda The World Hapiness Report har yillik hisobotida aytiladi, u BMTning barqaror rivojlanish yechimlarini izlash bo‘yicha bo‘linmasi tomonidan e’lon qilingan.
Qayd etilishicha, Finlyandiyada xorijdan kelgan 300 000 kishi va xorijdan kelganlarning avlodi bo‘lgan 5,5 million kishi istiqomat qiladi. Immigrantlarning guruhlari orasida Yevropaning boshqa davlatlaridan kelganlar, shuningdek, kelib chiqishiga ko‘ra Afg‘oniston, Xitoy, Iroq va Somaliga mansub bo‘lgan guruhlar mavjud.
Reytingdagi ikkinchi o‘rinni Norvegiya egalladi, u 2017 yilda eng baxtli davlat deb tan olingandi.
Ilk o‘ntalikdan Daniya, Islandiya, Shveysariya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Avstraliya ham joy oldi, deb yozmoqda The Washington Post.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh ushbu reytingda 18-pog‘onani egalladi.
Hisobotni tayyorlash doirasida 156 mamlakat hayot davomiyligi, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va korrupsiyaga bo‘lgan munosabat kabi omillar bo‘yicha baholandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?