Shimoliy Koreya muammosiga yechim topishda AQSh prezidenti Donald Tramp hamda davlat kotibi Reks Tillerson o‘rtasidagi qarama-qarshilik Tillersonning iste’fosiga sabab bo‘lgan. Bu haqda Reuters vaziyatdan xabardor manbalarga asosan xabar qildi deya Kun nashri ma’lum qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Tillerson eng boshidan Pxenyan bilan muloqot tarafdori bo‘lgan bo‘lsa, Tramp KXDRga maksimal bosim o‘tkazish kampaniyasini davom ettirishni mo‘ljallagan.
Shu sababdan davlat rahbari davlat kotibi Pxenyanga juda ham yon bosayotganidan xavfsiray boshlagan, deya aytib o‘tishdi manbalar.
Tramp juma, 9 mart kuni Oq uy apparati boshlig‘i Jon Kelliga Tillersonni iste’foga chiqishga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirish vazifasini topshirgan. Manba so‘zlariga ko‘ra, Kelli prezidentni bu fikrdan qaytarishga uringan, biroq Tramp Tillerson muntazam ravishda unga qarshi pozitsiyada turishidan «juda charchagan».
Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Tramp tvitterdagi sahifasida Tillerson davlat kotibi lavozimini tark etish haqida xabar berdi. Prezident bu lavozimga MRB rahbari Mayk Pompeoni tayinlashga qaror qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin