4 003
Jeenbekov Markaziy Osiyo yetakchilarini terrorchilikka qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvida bugungi kunda mintaqa davlatlari xalqlari farovonligi uchun mintaqaviy hamkorlikni yangidan yo‘lga qo‘yish vazifasi turganini aytdi.
Jeenbekov o‘tgan uchrashuv Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini faollashtirish va yangilashga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi. Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining do‘stlik, tinchlik-totuvlik va yangilanish bayrami – Navro‘z arafasida uchrashishlari ramziy ma’noga egaligini aytdi.
Uning aytishicha, Ostonadagi uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va joriy vaziyat bo‘yicha fikrlar almashish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi. “Buni nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar manfaati uchun qilish kerak. Shu sababli men O‘zbekiston prezidentining davlatlarimiz rahbarlari uchrashuvini muntazam ravishda o‘tkazish tashabbusini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladim. O‘ylashimcha, bu uchrashuvlar nafaqat o‘zaro integratsiya, balki mintaqamizning dunyodagi roli va o‘rnini oshirish uchun xizmat qiladi”, deb qo‘shimcha qilgan Jeenbekov.
Jeenbekovning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari terrorchilik va ekstremizmga hamda boshqa xavflar va chaqiriqlarga birgalikda kurashishlari lozim. Qirg‘iziston prezidentining aytishicha, Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlovchi birgalikdagi harakatlar va xavfsizlikning yagona hududini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Jeenbekov so‘zlari nihoyasida Qirg‘iziston joriy yilda bir qator madaniy-sport tadbirlari, jumladan, III Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari va atoqli qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavallud kunining 90 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirganini ma’lum qildi va Markaziy Osiyo davlatlarining barcha rahbarlarini bu tadbirlarga taklif qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi